logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real»ning yangi yosh yulduzi o'z kumirlarini sanab berdi

 13 MART, 2026, 14:24

Madridning «Real» klubi 18 yoshli futbolchisi Tyago Pitarch qaysi o'yinchilarni o'zi uchun o'rnak deb bilishi haqida so'zlab berdi.

Yosh yarim himoyachi «qaymoqranglilar»ning to'rt nafar zamonaviy afsonasini alohida qayd etdi.

«Luka Modrich, Toni Kroos, Krishtianu Ronaldu va Serxio Ramos. Ular nafaqat «Real»da, balki butun futbol tarixida alohida davrni belgilab berishdi», — deya kelib chiqishi marokashlik bo'lgan istiqbolli ispan futbolchisining so'zlarini keltirmoqda «Madrid Xtra».

Tyago Pitarch Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoaning oxirgi uchta o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Umumiy hisobda yarim himoyachi madridliklarning birinchi jamoasi safida beshta uchrashuvda ishtirok etgan.

Eslatib o'tamiz, Modrich «Real»ni 2025 yilda, Kroos esa undan bir yil oldin tark etgan edi. Ramos va Ronaldu esa mos ravishda 2021 va 2018 yillarda klubdan ketishgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ