logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Inter» «Roma» yulduzi uchun 40 million evro tayyorlab qo'ydi

 13 MART, 2026, 14:18

«Inter» klubi shu yozda tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. «The Touchline» nashrining «La Gazzetta dello Sport»ga tayanib xabar berishicha, Milan klubi «Roma» yarim himoyachisi Manu Kone transferi uchun 40 million evro ajratgan.

Kone 2024 yilning yozidan buyon «Roma» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida frantsuz futbolchisi 77 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga to'rtta gol va beshta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

2024 yilning kuzidan boshlab Manu Kone Frantsiya milliy terma jamoasi safida muntazam ravishda o'ynab kelmoqda.

Ayni damda «Inter» 67 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Roma» esa 51 ochko bilan beshinchi pog'onani egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ