logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real», «Bavariya» va «Liverpul»: Nemis futbolchisi tanlov qilishi kerak

 13 MART, 2026, 13:54

Germaniyaning «Shtutgart» klubi yarim himoyachisi Andjelo Shtiller Evropaning bir qator top-klublari qiziqishlari doirasida turibdi, deb xabar bermoqda «Wettfreunde» jurnalistlari.

Manbaga ko'ra, 24 yoshli germaniyalik xavbekni Madridning «Real», «Manchester Yunayted», «Liverpul» va Myunxenning «Bavariya» klublari o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. Shuningdek, Turkiya grandlari — «Fenerbaxche» va «Beshiktosh» tomonidan ham qiziqish mavjud.

Shtillerning «shvablar» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Uning bozor qiymati 45 million evroni tashkil qiladi.

Bundesliganing joriy mavsumida Andjelo 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol va beshta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ