Endrik yana haloskor bo'ldi
13 MART, 2026, 10:42
"Real Madrid"dan ijaraga olingan "Lion" hujumchisi Endrik yana bir bor darvozani ishg'ol qildi.
Braziliyalik futbolchi Evropa Ligasi 1/8 final bosqichida "Selta Vigo"ga qarshi bahsda (1:1) gol urib,jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
19 yoshli futbolchi hozirda "Lion" safida barcha musobaqalarda o'nta gol va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hujumchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2030 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.
