"Arsenal"ga frantsuz himoyachisi kerak
13 MART, 2026, 10:00
"RB Leyptsig" markaziy himoyachisi Kastello Lyukeba Londonning "Arsenal" klubiga o'tishi mumkin. L'Equipe nashrining xabar berishicha, "kanonirlar" 23 yoshli futbolchining agentlari bilan muzokaralarni allaqachon boshlagan.
Frantsuz futbolchisining shartnomasida 80 million evro miqdorida tovon puli ko'rsatilgan, ammo "qizil buqalar" kamroq - taxminan 60 million evro so'ramoqda.
Kastello Lyukeba ushbu mavsumda 23 ta o'yinda ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
