logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Keyn — Germaniya Bundesligasida fevral oyining eng yaxshi futbolchisi

 12 MART, 2026, 23:18

Germaniya Bundesligasida fevral oyi yakunlariga ko'ra eng yaxshi futbolchi aniqlandi. Ushbu mukofotga "Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn loyiq ko'rildi. O'tgan oyda Keyn Germaniya chempionatining to'rtta o'yinida maydonga tushdi. Har bir bahsda ingliz futbolchisi dubl qayd etdi. Shuningdek, Xarrining hisobida jamoadoshiga etkazib berilgan bitta golli uzatma ham bor.

Xarri Keyn Bundesliganing joriy mavsumida jami 24 ta o'yinda 30 ta gol urdi. "Bavariya" Germaniya chempionati turnir jadvalida ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda borayotgan Dortmundning "Borussiya" jamoasi ulardan 11 ochko orqada qolmoqda.

"Bavariya" Bundesliga doirasidagi navbatdagi uchrashuvini 14 mart, shanba kuni safarda "Bayer"ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ