"Chelsi" futbolchisiga intizomiy chora qo'llanadi
12 MART, 2026, 20:42
UEFA "Chelsi" yarim himoyachisi Pedro Netuga nisbatan "PSJ"ga qarshi o'yinda bolboy bilan bog'liq voqea uchun sanksiyalar qo'llashi mumkin.
"Ko'klar" Chempionlar Ligasi 1/8 finalining birinchi o'yinida "PSJ"ga 2:5 hisobida yutqazdi. O'yin davomida parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike bolboyga to'pni raqibga uzatmaslikni buyurdi. Keyin Netu yigitga yaqinlashib, uni itarib yubordi, natijada yigitcha erga yiqildi.
"Chelsi" futbolchisi UEFA intizomiy reglamentining 15(1)(a)(v) moddasiga muvofiq sportga xos bo'lmagan xatti-harakatlari uchun jazolanadi.
"UEFA intizomiy organlari bu masala bo'yicha o'z vaqtida qaror qabul qiladi", dedi jurnalist Nizar Kinsella.
