logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Donnarumma penalti belgilanganidan so'ng hakamga nimalar degani ma'lum bo'ldi

 12 MART, 2026, 19:36

«Real» Chempionlar ligasida «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Agar Vinisius Junior penaltini aniq amalga oshirganida, «shaharliklar» uchun hammasi bundan ham yomonroq tugashi mumkin edi. Biroq, braziliyalik futbolchi «nuqta»dan Janluiji Donnarummani dog'da qoldira olmadi.

Penalti Donnarummaning Vinisiusga nisbatan ishlatgan foli uchun belgilangan edi. Italiyalik darvozabon bu vaziyatda sariq kartochka bilan ham jazolandi. Shundan so'ng Donnarumma o'z vatandoshi bo'lgan hakam Mauritsio Marianiga murojaat qildi.

«Nega o'zingni muhim shaxsdek tutyapsan? Sen o'zingni muhim shaxsdek tutyapsan, sen o'zingni shunday tutyapsan...» — dedi Donnarumma hakamga. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

«Manchester Siti» va «Real» o'rtasidagi javob uchrashuvi 17 mart kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ