Usik hozirgi paytda o'zini dunyodagi eng yaxshi bokschi deb hisoblamaydi
12 MART, 2026, 16:16
Superog'ir vaznda jahon chempioni Aleksandr Usik hozirgi paytda o'zini dunyodagi eng yaxshi bokschi deb hisoblamasligini aytdi.U bu maqomni birinchi yarim o'rta vaznda WBO chempioni amerikalik SHakur Stivensonga berdi.
"Eshiting, meni qo'llab-quvvatlaydigan insonlarni juda yaxshi ko'raman, ammo o'zimni eng yaxshisi deb ayta olmayman. Endi [Terens Krouford faoliyatini yakunlagandan keyin], ehtimol bu SHakurdir", — dedi Usik.
Manba: olamsport.com
