logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Inter" himoyachisi bilan maosh borasida kelisha olmayapti

 12 MART, 2026, 16:12

«Inter» klubi himoyachi Karlos Augusto bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Jurnalist Paskual Guarroning ma'lumotlariga ko'ra, Milan klubi 27 yoshli futbolchiga mavsumiga 3,2 million evro maosh ko'zda tutilgan yangi bitim taklif qilgan. Braziliyalik futbolchi esa yiliga 4 million evro olishni istamoqda. Shuningdek, Augusto faoliyatini davom ettirish uchun boshqa variantlarni ham o'rganmoqda. U o'ziga asosiy tarkibdan joy kafolatlaydigan jamoa topmoqchi, chunki «Inter»da u asosiy tarkib o'yinchisi hisoblanmaydi.

Karlos Augusto 2024 yilda «Montsa»dan 14 million evro evaziga «Inter»ga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi Milan klubi safida barcha turnirlarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ