logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Karrager: "Chelsi" "PSJ"ga 2:5 hisobida yutqazishga loyiq emasdi"

 12 MART, 2026, 15:30

«Liverpul» va Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Jeymi Karrager Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan «PSJ» va «Chelsi» o'rtasidagi ilk uchrashuv (5:2) natijasi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Bu ajoyib o'yin bo'ldi, menimcha, bu joriy mavsumda Chempionlar ligasida ko'rgan eng yaxshi o'yinimdir. «Chelsi» 2:5 hisobidagi mag'lubiyatga loyiq emasdi, biroq bunda ularning o'zlari aybdor. Men «Chelsi»ni anchadan beri tanqid qilib kelaman va hozir mutlaqo jiddiy aytyapman: ular darvozabonlar bilan bog'liq muammoni hal qilmagunlaricha bundan ortig'iga erisha olmaydilar. Men buni doimo ta'kidlab kelaman», — dedi Karrager CBS Sportsga bergan intervyusida.

«Chelsi» va «PSJ» o'rtasidagi javob uchrashuvi 17 mart kuni Londondagi «Stemford Bridj» stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ