logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Tottenxem" Chempionlar Ligasidagi mag'lubiyatdan so'ng Kinski bo'yicha qaror qabul qildi

 12 MART, 2026, 15:06

Chexiyalik darvozabon Antonin Kinski Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi kechgan bahsdagi omadsiz ishtirokidan so'ng Londonning «Tottenxem» jamoasini tark etishi mumkin. Ushbu uchrashuvda posbon uchta gol o'tkazib yubordi va 17-daqiqadayoq zaxiraga olindi.

The Telegraph nashri ma'lumotlariga ko'ra, «shporlar» 22 yoshli futbolchini mavsum yakunlangach, ijaraga berib yuborish niyatidalar.

Kinski London jamoasi safiga o'tgan yilning yanvar oyida kelib qo'shilgan edi. Antonin va ingliz klubi o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Darvozabonning transfer qiymati 13 million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ