logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Anri: «Har hafta burchak to'pi va duoga umid qilish — bu muammo»

 12 MART, 2026, 12:42

«Arsenal» afsonasi Terri Anriga ham jamoaning joriy mavsumdagi o'yin uslubi ma'qul kelmayapti. Chorshanba kuni «to'pchilar» Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida «Bayer»ga qarshi kechgan bahsda (1:1) Kay Xavertsning 89-daqiqadagi goli evazida mag'lubiyatdan qutulib qolishdi.

«Eshiting, men «Arsenal»ni yaxshi ko'raman, lekin halol bo'lishim kerak. Agar Artetaning har haftadagi rejasi «burchak to'pi ishlab olish va duo qilish»dan iborat bo'lsa, demak bizda muammolar bor. Men o'ynagan vaqtlarda biz raqiblarga hujum qilardik. Hozir esa «Arsenal» o'yinlarini ko'rayotib, futbolchilar shunchaki standart vaziyat kutayotgandek taassurot uyg'onmoqda. Bunday iqtidorli futbolchilar bilan Toni Pyulisning «Stok Siti»si kabi o'ynash mumkin emas», — deya Anrining so'zlarini keltiradi Topskills Sports UK.

«Arsenal» va «Bayer» o'rtasidagi javob uchrashuvi 17 mart kuni Londonda bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ