logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Alisson Beker «Liverpul»dagi kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi

 12 MART, 2026, 12:06

«Liverpul» darvozaboni Alisson Beker yaqin kelajakda klubni tark etishni rejalashtirmayapti.

Mish-mishlarga ko'ra, braziliyalik posbon kelayotgan yozda muhitni o'zgartirishi mumkin edi, biroq voqealarning bunday rivojlanishi ehtimoldan yiroq. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, darvozabonning yaqinlaridan uning kamida 2027 yilning o'rtalariga qadar — aynan amaldagi shartnoma muddati tugaguncha «Liverpul»da qolish niyati borligi haqida xabarlar kelib tushgan. Keyingi hamkorlik bo'yicha qarorni esa futbolchi kelasi mavsum yakuniga yaqin qabul qiladi.

Alisson 2017 yildan buyon ingliz grandi sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 33 yoshli kiper Arne Slot jamoasi safida 37 ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan jami 35 ta to'p o'tkazib yubordi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ