logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Chelsi» himoyachisi: «Hali hech narsa hal bo'lmadi»

 12 MART, 2026, 12:00

Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk bahsida Londonning «Chelsi» klubi safarda Frantsiyaning «PSJ» jamoasiga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. «Aristokratlar» himoyachisi Uesli Fofana uchrashuvdan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

«Yuqori darajadagi o'yinlarda bunday xatolarga yo'l qo'yib bo'lmaydi. O'tgan bahsda «Chelsi» qo'pol xatolarga yo'l qo'ydi. O'yin yakunida biz pressingni kuchaytirdik va beshinchi golni o'tkazib yubordik. Raqib bizni barcha kamchiliklarimiz uchun jazoladi. Biroq hali hech narsa hal bo'lgani yo'q. O'z uyimizda uchta gol urishimiz kerak», — deya himoyachining so'zlarini keltiradi RMC Sport.

«Chelsi» va «PSJ» o'rtasidagi javob uchrashuvi 17 mart, seshanba kuni Londonning «Stemford Bridj» stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ