logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloaga chiqish eshiklari ko'rsatiladi, agar...

 12 MART, 2026, 00:18

"Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloaning klubdagi kelajagi noma'lum bo'lib qolmoqda.

TopSkills Sports UK nashrining ma'lumotlariga ko'ra, agar "qaymoqranglilar" uning qo'l ostida Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida "Manchester Siti" to'sig'idan o'ta olmasa, Madrid klubi mutaxassisni iste'foga chiqarishga tayyor. Murabbiy vaziyatdan xabardor va uning kelajagi aynan "shaharliklar" bilan bo'ladigan qarama-qarshilikka bog'liq ekanligini tushunib turibdi.

Eslatib o'tamiz, "Real" va "Manchester Siti" o'rtasidagi 1/8 finalning dastlabki uchrashuvi bugun, 11 mart kuni Madriddagi (Ispaniya) "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi. Javob o'yini esa 17 mart kuni Manchesterdagi (Angliya) "Etixad" stadionida o'tkaziladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ