logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Bir kun kelib bularning barchasi tugaydi": Gvardiola faoliyatini yakunlaganidan so'ng nimalarni sog'inishini aytdi

 11 MART, 2026, 23:42

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola faoliyatini yakunlaganidan so'ng "Real"ga qarshi o'yinlar kabi bahslarni sog'inish-sog'inmasligi haqidagi savolga javob berdi.

"Albatta, men bunday o'yinlarni sog'inaman. Bu erga kelish menga yoqadi. Madridlik insonlar buni kutishmagan bo'lsa-da, men "Real"ga nisbatan cheksiz hurmat his qilaman. Ular jahon futboli uchun juda ko'p yaxshi ishlarni amalga oshirishgan.

Ha, men sog'inaman, lekin hammasidan ham ko'ra ko'proq — "Kamp Nou"ga borishni, "Bavariya"ga qarshi o'yinlarni sog'inaman. To'xtab, iste'foga chiqqanimda, shubhasiz, mana shu lahzalarni sog'inaman. Bu o'zgacha oqshomlarni sog'inib qolaman.

Shuningdek, men "Selxerst Park"ni ham sog'inaman, u menga yoqadi. Premer-liga, bu stadionlar... Menga "Fulxem", "Kristal Pelas", "Gudison Park" stadionlari yoqadi... Bu stadionlar — men APLni, Angliyani, uchinchi divizion jamoalariga qarshi kubok bahslarini yaxshi ko'rishimning sabablaridan biridir. Bu menga juda yoqadi. Ammo bir kun kelib bularning barchasi tugaydi, shunday emasmi?" — dedi Gvardiola TNT Sports nashriga.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ