logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Brayton" germaniyalik iqtidor uchun kurashda "Chelsi"ni ortda qoldirmoqchi

 11 MART, 2026, 23:42

Angliyaning "Brayton" klubi "Chelsi"dan o'zib ketgan holda, 19 yoshli germaniyalik yarim himoyachi Said El-Mala bilan shartnoma imzolash niyatida. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

"Brayton" mutasaddilari futbolchining Bundesligadagi debyut mavsumida qoldirgan ijobiy taassurotlarini alohida qayd etishmoqda. Klub unga asosiy tarkibda kafolatlangan joy berishga tayyor. "Brayton"ning hisoblashicha, aynan mana shu omil El-Mala uchun yangi klub tanlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.

Said El-Mala Germaniyaning "Viktoriya" klubidan "Kyoln" safiga o'tgan edi. Ushbu mavsumda yarim himoyachi jamoa safida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ