logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Bavariya" "Manchester Siti" transfer rejasini buzmoqchi

 11 MART, 2026, 23:36

"Bavariya" shu yozda "Feyenoord"ning 19 yoshli niderlandiyalik himoyachisi Jivayro Rid bilan shartnoma imzolashga umid qilmoqda. Bu haqda Transfer News Live Telegram-kanali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, myunxenliklardan tashqari, futbolchiga "Manchester Siti" ham da'vogarlik qilmoqda. Biroq nemislar o'yinchiga ancha manfaatliroq shartlar taklif qilishni rejalashtirishgan. Insayderlarning ta'kidlashicha, kelayotgan yozda qanot himoyachilari bozorida juda kuchli raqobat kutilmoqda.

Jivayro Rid 2024 yildan beri "Feyenoord" safida to'p surib kelmoqda. Ushbu mavsumda himoyachi klub uchun 16 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ