logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kerrik mag'lubiyatdan keyingi xulosalar haqida gapirdi

 11 MART, 2026, 23:30

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik Angliya Premer-ligasining 30-turidan o'rin olgan "Aston Villa"ga qarshi bo'lajak uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu o'yin juda muhim va biz uni intiqlik bilan kutyapmiz. Biz yaxshi holatga kelib oldik, so'nggi ikki oy ijobiy ruhda o'tdi va biz bundan poydevor sifatida foydalanmoqchimiz. Ushbu bahsga mag'lubiyatdan so'ng (Nyukasldagi 1:2 hisobidagi mag'lubiyat nazarda tutilmoqda) etib keldik, lekin futbolda shunday bo'lib turadi — so'nggi haftalarda deyarli barcha jamoalar bunday holatni boshdan kechirishdi. Bu liganing tabiati shunday. Biz hamma narsaga uzoq muddatli istiqbol bilan qaraymiz va qaysi jihatlarda kuchayishimiz mumkinligini tushunib turibmiz.

Yigitlar mashg'ulotlarda yana juda qattiq mehnat qilishdi, ular o'yinni intizorlik bilan kutishmoqda", — deya Kerrikning so'zlarini keltiradi "qizil iblislar" rasmiy sayti.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ