logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"PSJ" yulduzi qanday qilib Gutiga havas qilganini so'zlab berdi

 11 MART, 2026, 23:06

"PSJ" va Gruziya terma jamoasi yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya "Real"ning sobiq xavbeki Guti bilan bog'liq qiziqarli voqeani so'zlab berdi.

"Bolaligimda kumirim Guti edi, lekin uning futbolkasini sotib olishga pulim yo'q edi. Shuning uchun oddiy oq futbolkani olib, marker bilan orqasiga "14 Guti" deb yozib olgandim.

Uning o'yinlarini tomosha qilganimda, uning maydondagi fikrlashi, uzatmalari va o'yin intellekti menga juda yoqardi. U chindan ham hayratlanarli futbolchi edi.

U bilan qachondir ko'rishganmanmi? Yo'q, lekin biz futbolka almashganmiz. Neapolda bergan intervyularimdan birida uni tilga olgandim. Shundan so'ng u men bilan bog'landi va o'z futbolkasini sovg'a sifatida yubordi. Bundan juda xursand bo'lganman. O'sha futbolka hozir Gruziyadagi uyimda saqlanadi", — dedi Kvaratsxeliya.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ