logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Azar VAR tizimini butunlay bekor qilishni taklif etdi

 11 MART, 2026, 22:54

"Real" va Belgiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Eden Azar VAR (videotakrorlar tizimi) haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Sobiq forvardning hisoblashicha, videotakrorlar tizimi o'zi joriy etilishiga sabab bo'lgan muammolarni hal qilmayapti. Bundan tashqari, VAR ko'p vaqt talab etadi va o'yinlarning hissiyotlarga boy qismiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

"Men VAR-dan voz kechgan bo'lardim. U menga yoqmaydi va meni g'azablantiradi. U futboldan shu qadar ko'p hissiyotlarni tortib olmoqdaki... yakunda esa biz baribir avvalgi muammolarga duch kelaveryapmiz", — dedi Azar.

Eslatib o'tamiz, VAR tizimi ilk bor 2016 yilda ayrim alohida o'yinlarda sinovdan o'tkazilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ