logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Alfonso Devis 25 yoshida faoliyatini yakunlashi mumkin

 11 MART, 2026, 22:30

"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis 25 yoshida butsalarini mixga ilishi mumkin.

TopSkills Sports UK nashrining xabar berishicha, kanadalik futbolchi kecha Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Atalanta"ga qarshi o'yinda (6:1) olgan navbatdagi jarohatidan so'ng faoliyatini yakunlash imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Himoyachining son sohasi orqa mushaklari yirtilgani aniqlangan.

"Bavariya" Devisni bunday qarordan qaytarishga qattiq harakat qilmoqda. Agar futbolchi baribir faoliyatini yakunlashga qaror qilsa, Myunxen klubi unga "Bavariya"ga bo'lgan sadoqati uchun minnatdorchilik sifatida jamoa tuzilmasida maxsus lavozimni taklif qilishga tayyor.

Joriy mavsumda Alfonso Devis "Bavariya" safida barcha turnirlarda 13 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ