logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jon Obi Mikel: "Arteta transferlarga qariyb bir milliard sarfladi, lekin faqat burchak to'plari bilan yutmoqchi"

 11 MART, 2026, 22:30

"Chelsi" klubining sobiq futbolchisi Jon Obi Mikel Mikel Arteta qo'l ostidagi "Arsenal" jamoasining o'yinini tanqid qildi.

"Hozirgi "Arsenal"ning o'yinini kuzatar ekanman, ular to'liq va istisnosiz ravishda burchak to'plariga tayanib qolishganini ko'raman. Mikel Arteta transferlar uchun qariyb bir milliard, qariyb bir milliard mablag' sarfladi. Siz o'yinlarda g'alaba qozonishning yagona yo'li burchak to'plari demoqchimisiz? Bu kulgili.

"Arsenal" muxlislarining jamoa o'yin uslubidan shikoyat qilmayotganliklarining yagona sababi — klub APLda peshqadamlik qilayotganida. Ha, agar jamoa turnir jadvalining yuqorisida bo'lmaganida, ular o'zlariga yoqmayotgan bu o'yin uslubidan noligan bo'lardilar", — deya Obi Mikelning so'zlarini keltiradi TEAMtalk.

Ayni damda "Arsenal" 67 ochko jamg'argan holda APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Kanonirlar" ikkinchi o'rinda borayotgan "Manchester Siti"ni etti ochkoga ortda qoldirmoqda, biroq "shaharliklar" hisobida bitta zaxira o'yini mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ