logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Liverpul" Konatega foydali shartnoma taklif qildi

 11 MART, 2026, 21:24

"Liverpul" o'z markaziy himoyachisini jamoada saqlab qolish borasida qat'iy qarorga kelgan. CaughtOffside nashri xabariga ko'ra, Ibraima Konate mersisaydliklardan ancha foydali shartnoma bo'yicha taklif olgan. "Qizillar" transfer bozoridagi uzoq davom etadigan "seriallar"dan qochish uchun futbolchidan imkon qadar tezroq aniq javob olishni istamoqdalar.

Qayd etilishicha, 26 yoshli Konatening vaziyatini "Real" Madrid, "PSJ" va "Inter" klublari diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Ular yozda bunday yuqori darajadagi futbolchini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olish imkoniyati paydo bo'lishi mumkinligini tushunib turishibdi.

Konate "Liverpul"dagi beshinchi mavsumini o'tkazmoqda. Frantsuz himoyachisi "qizillar" libosida jami 171 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ