logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fabregas yoki Klopp? "Real" tanlov qilishi kerak

 11 MART, 2026, 20:48

So'nggi kunlarda Italiyaning "Komo" klubi boshqaruvida o'zini yaxshi ko'rsatayotgan Sesk Fabregas "Real" Madrid bosh murabbiyiga aylanishi mumkinligi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. Shunga qaramay, The Touchline nashrining xabar berishicha, Madrid klubining asosiy nishoni bo'lib Yurgen Klopp qolmoqda.

Qayd etilishicha, "Real" prezidenti Florentino Peres jamoaga muvaffaqiyatlari allaqachon isbotlangan g'olib-murabbiyni olib kelishni istamoqda.

Shu bilan birga, manbaning ta'kidlashicha, "Real" faqatgina Alvaro Arbeloa biror-bir sovrinni qo'lga kirita olmagan taqdirdagina yangi murabbiy tayinlaydi.

Hozirda "Real" La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ