"Biz Jons bilan shartnoma imzolaymiz, u o'zi loyiq bo'lgan pulni oladi" - Jeyk Pol
11 MART, 2026, 18:32
Jeyk Pol UFC sobiq chempioni Jon Jons bilan shartnoma imzolashga tayyor.Pol o'zi egalik qiluvchi MVP promouterlik kompaniyasida Jon Jonsni ko'rmoqchi.
"Biz u bilan shartnoma imzolaymiz, yuz foiz. Jon, sen uchun MVP da eshiklarimiz doimo ochiq. Biz barchasini tashkil qilamiz va sen loyiq bo'lgan summani beramiz", - dedi Pol.
Avvalroq, UFC'ning boshqa bir sobiq chempioni Frensis Ngannu MVP turnirlaridan birida jang o'tkazishi anons qilingandi.
Manba: olamsport.com
