logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tyago Silva: «Agar men murabbiy bo'lganimda, Neymarni albatta Jahon chempionatiga olib ketardim»

 11 MART, 2026, 13:30

Braziliyalik faxriy futbolchi Tyago Silva Neymarning navbatdagi jahon chempionatida ishtirok etish istiqbollari haqida gapirdi. Hozirda Neymarni Mundialga olib borish yoki bormaslik masalasi Braziliya futbolidagi eng muhim mavzulardan biri bo'lib turibdi. Silvaning fikricha, uni tarkibga jalb etish kerak.

«Mening fikrim shunday — agar Neymarning holati yaxshi bo'lsa va u jismonan tayyor bo'lsa, uni terma jamoa tarkibiga olish zarur. Agar men murabbiy bo'lganimda, shunday yo'l tutgan bo'lardim. U mas'uliyatni o'z zimmasiga oladi va bu boshqa futbolchilarning ancha erkinroq o'yin ko'rsatishiga imkon beradi», — deya Silvaning so'zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 11 iyun kuni boshlanadi va birdaniga uchta mamlakatda bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ