logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik: «Kamp Nou»da siz tamoman boshqacha o'yin guvohi bo'lasiz»

 11 MART, 2026, 13:24

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida «Nyukasl»ga qarshi kechgan bahs (1:1) haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Kataloniyaliklar qarama-qarshilikning dastlabki uchrashuvida 96-daqiqada Lamin Yamal tomonidan amalga oshirilgan penalti evaziga mag'lubiyatdan qutulib qolishdi.

«Biz eng yaxshi o'yinimizni o'tkazmadik, to'pni juda ko'p yo'qotdik, ammo o'z imkoniyatimizdan foydalana oldik. «Nyukasl» tezkor va dinamik harakat qildi, shu sababli bizga oson bo'lmadi, lekin himoyada qanday o'ynaganimizdan ko'nglim to'ldi.

Bu erdagi durang — yaxshi natija, biroq biz o'z o'yinimizni kuchaytirishimiz kerak. «Kamp Nou»da siz tamoman boshqacha o'yin guvohi bo'lasiz», — dedi Flik matbuot anjumanida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ