logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tyago Silva: «Braziliya Neymar uchun o'ynashi kerak, xuddi Argentina Messi uchun o'ynaganidek»

 11 MART, 2026, 13:00

Faxriy futbolchi Tyago Silvaning hisoblashicha, agar hujumchi Neymar bo'lajak jahon chempionatiga boradigan bo'lsa, Braziliya terma jamoasi aynan u uchun o'ynashi kerak. U nima uchun bunday fikrda ekanligiga izoh berdi.

«Braziliyada ba'zan norozilik bildirishadi — nega endi u uchun o'ynashimiz, nega uning o'rniga yugurishimiz kerak, maydonda u ham hamma qatori yugursin, deyishadi. Yo'q, yigitlar, bu zarur! Chunki u boshqalardan farqli o'laroq, o'yin taqdirini hal qila oladi! O'tgan jahon chempionatida Argentina terma jamoasi Messi uchun qanday o'ynaganiga e'tibor bering. U yugurgani yo'q — ular Messi uchun yugurishdi. Xo'sh, bu nima bilan yakunlandi?», — deya Tyago Silvaning so'zlaridan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ