logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola Madriddagi bahs oldidan «Manchester Siti» futbolchilariga talab qo'ydi

 11 MART, 2026, 12:54

«Manchester Siti» kerakli natijaga erishish uchun Madridning «Real» klubiga qarshi kechadigan 1/8 final dastlabki uchrashuvida o'z o'yin uslubiga sodiq qolishi kerak.

Bu haqda «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida ta'kidlab o'tdi.

«Bir narsa aniq: agar biz o'zligimizni ko'rsata olmasak, bundan yaxshi natija chiqmaydi», — deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlaridan iqtibos keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Avvalroq, «Real» muxlislariga Gvardiola sha'niga aytiladigan mashhur haqoratli hayqiriqlarni ishlatish taqiqlangani ma'lum bo'lgan edi. Bundan ko'zlangan maqsad — javob uchrashuvida jamoa mehmonlar sektorining qo'llab-quvvatlashisiz qolib ketmasligini ta'minlashdir.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ