logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kompani Oliseni superyulduz bo'lishiga ishonmoqda

 11 MART, 2026, 12:36

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani vinger Maykl Olise haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

24 yoshli frantsuz Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida «Atalanta»ga qarshi kechgan bahs qahramoniga aylandi. U o'z hisobiga ikkita gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Uchrashuv myunxenliklarning 6:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

«Ishga bo'lgan bunday munosabat bilan Oliseda dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. U detallarga juda e'tiborli. Men futbolchilarni o'zaro solishtirishni yoqtirmayman, lekin o'z vaqtida Kevin de Bryuyne bilan birga o'ynaganman va uning yosh futbolchidan qanday qilib superyulduzga aylanganini o'z ko'zlarim bilan ko'rganman. U detallarga berilgan edi va Mayklda ham xuddi shu xususiyat bor. Albatta, bunda to'xtab qolmaslik kerak, biz uni yanada rivojlanishga undashimiz lozim, lekin u shubhasiz to'g'ri yo'lda», — deya Kompanining so'zlaridan iqtibos keltiradi Bayern & Germany.

Maykl Olise 2024 yilning yozida «Kristal Pelas»dan «Bavariya»ga o'tgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ