logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal» muxlislari uchun xushxabar

 11 MART, 2026, 12:30

«Arsenal» himoyachisi Rikkardo Kalafori Chempionlar ligasi doirasidagi «Bayer»ga qarshi o'yin oldidan jamoaning umumiy guruhida mashg'ulot o'tkazdi. Italiyalik futbolchi ushbu bahsda maydonga tusha olishi kutilmoqda.

Football London nashrining xabar berishicha, «Bolonya»ning sobiq futbolchisi «kanonirlar»ning Germaniya safari oldidan o'tkazilgan yakuniy mashg'ulotida maydonda ko'rinish bergan.

Kalafori o'tgan dam olish kunlarida Angliya kubogi 5-raundi doirasidagi «Mensfild Taun»ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida jarohat olgan edi.

EChL 1/8 finalidan o'rin olgan «Bayer» va «Arsenal» o'rtasidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ