logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Davide Anchelotti: «Vini — eng zo'ri, unga nisbatan hech qanday savollar bo'lishi mumkin emas»

 11 MART, 2026, 12:24

Ilgari Madridning «Real» klubida otasi Karloning yordamchisi bo'lib ishlagan Davide Anchelotti Vinisius Junior haqida o'z fikrlarini bildirdi.

36 yoshli murabbiy braziliyalik futbolchining o'yinidan hayratda ekanini va unga nisbatan qilinayotgan tanqidlarni qo'llab-quvvatlamasligini ma'lum qildi.

«Vinisiusga nima kerak? Hech narsa. Vini — eng zo'ri. U gollar uradi, aldamchi harakatlarni amalga oshiradi, golli uzatmalar beradi. Unga nisbatan hech qanday e'tiroz bo'lishi mumkin emas. Ko'pchilik uning o'zini tutishi haqida gapiradi, lekin bu uning maydondagi muvaffaqiyatlaridan chalg'itmasligi kerak. Vini bir o'zi o'yin sur'atini o'zgartirib yuborishga qodir, shu sababli raqiblar «Real» bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rayotganda, aynan unga moslab o'z rejalariga tuzatish kiritadilar. Uning qanchalik ajoyib futbolchi ekanini unutish kerak emas», — dedi kichik Anchelotti DAZN nashriga bergan intervyusida.

Bugun «Real» Chempionlar ligasi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ