logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Luish Figu va "Real" yulduzlari og'ir jarohat olgan Rodrigoni qo'llab-quvvatlashdi

 11 MART, 2026, 11:30

"Real"ning afsonaviy futbolchisi Luish Figu kuni kecha oyog'ida jarrohlik amaliyotini o'tkazgan madridliklar hujumchisi Rodrigoni qo'llab-quvvatladi.

Braziliyalik futbolchi tizzasidagi xochsimon bog'lamlarning uzilishi jarohatini oldi va endi u bo'lajak JCh-2026 musobaqasida ishtirok eta olmaydi. Rodrigo operatsiyadan keyingi suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. "Real"ning ko'plab futbolchilari izohlarda o'z tilaklarini qoldirishdi. Ular orasida Eduardo Kamavinga, Eder Militao, Kilian Mbappe, Antonio Ryudiger, Vinisius va boshqa ko'plab o'yinchilar bor.

Shuningdek, Rodrigoni "Real"ning sobiq futbolchilari ham qo'llab-quvvatlayotgani e'tiborga molik. Ular orasida jamoaning sobiq yarim himoyachisi Luish Figu ham bor edi.

"Ko'p kuch va qo'llab-quvvatlash tilayman," - deb yozdi portugaliyalik afsona.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ