Janibek Alimxanuli IBF chempionlik kamaridan mahrum etildi
11 MART, 2026, 10:48
IBF tashkiloti qozog'istonlik bokschi Janibek Alimxanulini chempionlik unvonidan mahrum qildi.Reglamentga ko'ra, Alimxanuli shu yilning 4 iyuliga qadar ringga ko'tarilishi kerak edi. Ammo Janibekka qo'yilgan diskvalifikaciya muddati 2 dekabrda tugaydi. SHu bois, IBF kamari vakant deb elon qilindi.
Eslatib o'tamiz, dekabr oyi boshida Alimxanuli meldoniy uchun ijobiy doping-test topshirgandi. SHu sababli uning WBA kamari sohibi, kubalik tajribali Erislandi Laraga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangi barbod bo'lgandi.

Manba: olamsport.com
