logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Tottenxem» tarixidagi eng qora kunlar: Klub ilk bor qatorasiga 6 o'yinda mag'lub bo'ldi

 11 MART, 2026, 03:42

«Tottenxem» ketma-ket oltita o'yinda mag'lubiyatga uchradi.

Bugun «shporlar» Chempionlar ligasi 1/8 finalida «Atletiko»ga yirik hisobda (2:5) imkoniyatni boy berishdi.

Bunga qadar «Tottenxem» ketma-ket ravishda «Manchester Yunayted», «Nyukasl», «Arsenal», «Fulxem» va «Kristal Pelas» jamoalariga mag'lub bo'lgan edi. Ro'yxatdagi dastlabki ikki o'yinda jamoani Tomas Frank boshqargan bo'lsa, keyin uning o'rnini Igor Tudor egalladi.

Ketma-ket oltita mag'lubiyatdan iborat bunday seriya «Tottenxem» tarixida ilk bor kuzatilmoqda.


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ