logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EChL. «Bavariya»dan Bergamoda shafqatsiz yurish: «Atalanta» er tishlatildi

 11 MART, 2026, 03:12

«Bavariya» jamoasi Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvida «Atalanta» ustidan 6:1 hisobida g'alaba qozondi. O'yin Italiyadagi «Atleti Adzurri d'Italiya» stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 25-daqiqasiga kelib, nemis klubi yirik hisobda oldinga chiqib oldi. Gollarga Yosip Stanishich (12-daqiqa), Maykl Olise (22-daqiqa) va Serj Gnabri (25-daqiqa) mualliflik qilishdi. O'yinning ikkinchi bo'limida Olise o'z hisobiga ikkinchi golni yozdirib qo'ydi, shuningdek, Nikolas Jekson ham dubl qayd etdi. Bahs yakunida italyanlar tasalli beruvchi golni urishdi — Mario Pashalich o'z ismini tabloga yozdirib qo'ydi.

Javob uchrashuvi bir haftadan so'ng, 18 mart kuni Germaniyadagi «Alyants Arena» stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 19 martga o'tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

UEFA Chempionlar ligasi. 1/8 final
11.03.2026 | 01:00
«Atleti Adzurri d’Italiya», Bergamo

«ATALANTA» (Italiya) — «BAVARIYa» (Germaniya) — 1:6
Gollar: Stanishich 12 (0:1), Olise 22 (0:2), Gnabri 25 (0:3), Jekson 52 (0:4), Olise 64 (0:5), Musiala 67 (0:6), Pashalich 90+3 (1:6).

«Atalanta»: Karnesekki, Xin, Kolashinats (Axanor, 55), Bernaskoni, Dzappakosta (Bellanova, 67), Pashalich, de Ron, Zalevski (Musa, 55), Sulemana (Samardjich, 73), Skamakka (Jimsiti, 46), Krstovich.

«Bavariya»: Urbig, Upamekano, Ta, Laymer (Deyvis, 46, Bishof, 71), Stanishich (Rafael Gerreyru, 86), Kimmix, Pavlovich (Goretska, 68), Gnabri (Musiala, 46), Dias, Olise, Jekson.

Ogohlantirishlar: Musa (83) — Laymer (39), Olise (77), Kimmix (84).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ