logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Spalletti "Atletiko"dan "Yuventus"ga Niko Gonsalesani qaytarmoqchi

 11 MART, 2026, 00:18

«Atletiko» vingeri Niko Gonsales «Yuventus»ga qaytishi mumkin.

Corriere dello Sport nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, Turin klubi argentinalik futbolchining «matraschilar» safidagi o'yinlaridan hayratda. Futbolchining qaytishiga shaxsan «Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti qiziqish bildirmoqda. U Gonsalesni Fransishku Konseysau bilan rotatsiya qilish uchun juda yaxshi variant deb hisoblamoqda.

Niko Gonsales 2025 yilning sentyabr oyida «Yuventus»dan «Atletiko»ga joriy mavsum yakuniga qadar ijara asosida o'tgan edi. Madridliklarda futbolchini sotib olish huquqi mavjud. Joriy mavsumda vinger madridliklar safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. Transfermarkt portali Gonsalesning transfer qiymatini 24 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ