logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona"da Xulian Alvaresning transfer imkoniyatlari baholandi

 10 MART, 2026, 23:18

«Barselona» prezidenti Joan Laporta kataloniyaliklarning «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresga bo'layotgan qiziqishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

«Xulian Alvares — «Barselona» tizimiga juda yaxshi mos tusha oladigan ajoyib futbolchi. Biroq u transferi uchun juda katta mablag' to'lanishi kerak bo'lgan o'yinchi emas. Avvalo, uning o'zi transferga tayyor ekanligini ko'rsatishi lozim. Shuningdek, narx ham maqbul bo'lishi kerak», — deya Laportaning so'zlarini keltiradi Carpetas Blaugranas.

Xulian Alvares 2024 yilda «Manchester Siti»dan 75 million evro evaziga «Atletiko»ga o'tgan edi. Uning «matraschilar» bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi madridliklar safida barcha musobaqalarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ