logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

O'zbek jang sanati bo'yicha O'zbekiston chempionati g'oliblari aniqlandi + FOTOREPORTAJ

 10 MART, 2026, 17:32

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida milliy sport turimiz sanalgan O'zbek jang sanati bo'yicha o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Mamlakat birinchiligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan kelgan 2000 nafarga yaqin atletlar ishtirok etib, "Kompleks mashq", "Temuriylar jang usuli", "Ko'rgazmali chiqish" va "Assalom tong" yo'nalishlari bo'yicha mahoratlarini namoyish etishdi. 


Musobaqa doirasida shuningdek, 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan O'zbek jang federaciyasi tomonidan bir guruh hakamlardan iborat xotin-qizlar etirof etilib, ularga sovg'alar ulashildi. 


Yuqori saviyada o'tgan mazkur bayramga bag'ishlangan taqdirlash marosimida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov hamda O'zbek jang sanati federaciyasi raisi Po'lat Usmonov ishtirok etdi. 


SHu tariqa uch kun davom etgan murosasiz bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra umumjamoa hisobida birinchi o'rinni Toshkent viloyati terma jamoasi qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni andijonlik O'zbek jang sanati ustalari egallashgan bo'lsa, uchinchi o'rin Toshkent shahar sportchilariga nasib etdi. 


Takidlash joiz, ushbu mamlakat chempionati 3-5 aprel kunlari O'zbek jang sanati bo'yicha Qozog'istonning CHimkent shahrida o'tadigan Osiyo chempionatiga saralash vazifasini o'tab berdi.









Ilhom RAHMONOV tayyorladi


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ