logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Football365: "Chelsi" "Barselona"ning 3 nafar futbolchisi uchun 250 million evro sarflashi mumkin

 10 MART, 2026, 17:24

Londonning «Chelsi» klubi yozgi transfer oynasida tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Football365 nashrining ta'kidlashicha, «aristokratlar» «Barselona»ning uch nafar yulduz futbolchisini o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan. Bular — vinger Rafinya, himoyachi Jyul Kunde hamda yarim himoyachi Dani Olmodir.

Qayd etilishicha, «Chelsi» rahbariyati ushbu trio uchun jami 250 million evro sarflashga tayyor. Xabarlarga ko'ra, klub egasi Todd Boeli ushbu transferlar orqali jamoaning hujum va himoya chizig'idagi muammolarini hal qilmoqchi.

Avvalroq OAVda «Barselona» moliyaviy holatini barqarorlashtirish maqsadida kelasi yozda o'z etakchi futbolchilarini sotish imkoniyatlarini ko'rib chiqishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu vaziyat «Chelsi»ga o'z maqsadini amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyat yaratishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ