Fabritsio Romano: "Manchester Yunayted" yozgi transfer bozori uchun ustuvor yo'nalishlarni belgilab oldi
10 MART, 2026, 17:06
«Manchester Yunayted» klubi hozirdanoq yozgi transfer oynasi uchun faol rejalashtirish ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Angliya grandi chap qanot vingeri va markaziy yarim himoyachilar bilan shartnoma imzolash niyatida. Shuningdek, «qizil iblislar» yangi markaziy himoyachi sotib olish imkoniyatini ham ko'rib chiqadilar.
Ayni damda «Manchester Yunayted» APL turnir jadvalida 51 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.
