O`Melli Dvalishvilidan mag'lubiyati haqida: "Bo'yi 165 sm dan past odamga yutqazish sharmandalik"
10 MART, 2026, 16:48
Amerikalik 31 yoshli UFC sobiq chempioni, divizion reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan SHon O`Melli Merab Dvalishvilidan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi."Mag'lubiyatdagi eng sharmandali narsalardan biri - 165 santimetrdan past bo'lgan odamga yutqazishdir (Merabning bo'yi taxminan 168 sm). Merab - kuchli yigit!", - dedi SHon.
SHon O`Melli va Merab Dvalishvili oxirgi marta 2025 yil iyun oyida UFC 316 turnirida to'qnash kelishgandi. Jang Dvalishvilining uchinchi raundda bo'g'ish usulidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.

Manba: olamsport.com
