logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mazraui Kazemironing ketishi haqida: «Bu xabarni eshitish juda og'ir bo'ldi»

 10 MART, 2026, 14:36

«Manchester Yunayted» qanot himoyachisi Nussayr Mazraui yarim himoyachi Kazemironing ketishi haqida fikr bildirdi.

«Kazemiro bilan xayrlashish men uchun og'ir bo'ladimi? Ha, juda og'ir. Bu haqda e'lon qilingan kun men uchun juda murakkab bo'ldi.

Kazemiro jamoaga nima bera oladi? U aql bovar qilmas darajadagi tajribasini ulasha oladi. U g'alaba qozonish nima ekanligini va unga olib boradigan yo'lni juda yaxshi biladi, chunki u bu yo'llarni o'zi bosib o'tgan va his qilgan. Shunday ekan, ha, biz uni ham maydonda, ham maydondan tashqarida juda sog'inib qolamiz», — deya Mazrauining so'zlarini keltiradi «qizil iblislar»ning rasmiy sayti.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ