logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jon Jons UFC bilan shartnomasini bekor qilishni so'radi

 10 MART, 2026, 11:00

UFC’ning og'ir vazn toifasidagi sobiq chempioni Jon Jons Dana Uaytning iyun oyida Oq uyda bo'lib o'tadigan turnir doirasidagi fikrlariga keskin munosabat bildirdi.

Dana Uayt Jonsning Oq uydagi turnirda qatnashishi haqidagi savolga javob bera turib, bu masala hech qachon ko'rib chiqilmagani, jumladan, artrit, yani bo'g'im kasalligi tufayli faoliyatini davom ettira olmasligi haqida bayonot bergandi.

"Keling, bir narsani aniqlashtirib olaylik, - deyiladi Jonsning bayonotida. - Aslida mening jamoam ushbu jang bo'yicha muzokaralar olib borgan. Ha, haqiqiy muzokara. Men hatto gonorar masalasida ham murosaga tayyor edim, lekin bunga javoban qabul qilib bo'lmaydigan darajada past taklif oldim.

Ha, menda chanoq-son bo'g'imi artriti bor. Bu og'riqli, lekin bu men jang qila olmayman degani emas. Tushunishni xohlayman: agar men bu haqoratli pastkash taklifni qabul qilsam, unda to'satdan bo'g'imim yaxshi bo'lib, Oq uyda jang qilishim mumkin bo'larmidi?

Muzokaralar bazan kelishuv bilan tugamasligini tushunaman. Ammo nima uchun odamlar oldida yolg'on gapirish kerak? SHuncha yil UFC’ga berganim, unvon himoyasi, janglardan keyin "men bilan hammasi tugadi" deb eshitish alam qiladi. Ayniqsa, juma kuni menga UFC’dan qo'ng'iroq qilishganini va Oq uyda ancha arzonroq gonorar evaziga jang qilishga ko'ndirishga urinishganini hisobga olsak.

Agar UFC chindan ham men bilan barchasi tugadi deb hisoblasa, unda bugunoq men bilan shartnomani bekor qilishni so'rayman. O'yinlar etarli".

Eslatib o'tamiz, jurnalist va insayder Ariel Xelvanining malum qilishicha, Jons Aleks Pereyraga qarshi jang uchun 30 million dollar olmoqchi bo'lgan, UFC esa unga ikki barobar kam taklif qilgan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ