logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EChL. Superkompyuter «Real» — «Manchester Siti» qarama-qarshiligi g'olibini taxmin qildi

 10 MART, 2026, 10:36

Opta kompaniyasining superkompyuteri statistik algoritmlar asosida Chempionlar ligasi 1/8 finalidagi «Real» — «Manchester Siti» juftligida qaysi jamoa keyingi bosqichga chiqish ehtimoli yuqori ekanini hisoblab chiqdi.

Hisob-kitoblarga ko'ra, «Manchester Siti»ning chorak finalga chiqish ehtimoli 64,3% deb baholangan. «Real»ning imkoniyati esa 35,7 foizni tashkil etadi.

Angliya klubi foydasiga quyidagi omillar ta'sir qilgan: jamoa tarkibining kengligi, yuzaga kelgan ehtimoliy gollar (xG) ko'rsatkichlarining barqarorligi, shuningdek Chempionlar ligasining joriy mavsumidagi umumiy bosqichdagi o'zaro o'yin natijasi («Manchester Siti» Madridda 2:1 hisobida g'alaba qozongan).

Eslatib o'tamiz, «Real» — «Manchester Siti» o'rtasidagi ilk uchrashuv 11 martdan 12 martga o'tar kechasi «Santyago Bernabeu» stadionida bo'lib o'tadi. Javob bahsi esa 17 martdan 18 martga o'tar kechasi Manchesterdagi «Etihad» stadionida tashkil etiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ