logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

O'zbekiston ayollar terma jamoasining Osiyo kubogidagi ehtimoliy raqiblari malum

 10 MART, 2026, 09:00

Kecha O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo kubogining 3-turida Bangladeshni 4:0 hisobida taslim etgandi.

Ushbu g'alaba ayollar terma jamoamizga tarixda ilk bor pley-offda o'ynash imkonini taqdim etdi.

O'zbekiston terma jamoasining chorak finaldagi raqibi boshqa guruhlardagi o'yinlar natijalariga qarab aniqlanadi. 

Jamoamiz: 

a) 14 mart kuni “A” guruhi g'olibi — Koreya Respublikasiga qarshi maydonga tushishi mumkin;

b) yoki 15 mart kuni “C” guruhi g'olibi bilan bahs olib boradi.

Eslatib o'tamiz, chorak final bosqichi turnirning hal qiluvchi pallalaridan biri hisoblanadi. CHunki Osiyo kubogida eng yaxshi olti jamoa 2027 yilgi ayollar o'rtasidagi Jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Agar O'zbekiston terma jamoasi chorak finalda g'alaba qozonsa, mundialga to'g'ridan-to'g'ri yo'l oladi. Ushbu bosqichda imkoniyatni boy bergan jamoalar 19 mart kuni o'tish o'yinlarida ishtirok etib, qolgan yo'llanmalar uchun kurashni davom ettiradi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ