logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik: «APL — dunyoning eng kuchli ligasi»

 10 MART, 2026, 02:18

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasi doirasida «Nyukasl»ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin oldidan qaysi chempionat eng kuchli ekani haqida o'z fikrini bildirdi.

«APL — dunyoning eng yaxshi ligasi. U erda puli ko'p bo'lgan kuchli jamoalar bor. EChLning hozirgi bosqichida ham ularning jamoalari talaygina.

Bizning jamoamiz ham mahoratli va biz o'zimiz istagandek o'ynashda davom etishimiz, buni muxlislarga ko'rsatishimiz kerak.

Ertaga fantastik muhit bo'ladi. Raqib yaxshi o'ynayapti, individual pressingdan foydalanmoqda. Ularda tezkor futbolchilar bor.

Biz yaxshi himoyalanishimiz kerak, chunki ikkala o'yin ham muhim. Birinchi bahsda «Atletiko» bilan bo'lgan voqeani (Ispaniya Kubogidagi 0:4 hisobidagi mag'lubiyat) inobatga olib, ehtiyotkorlik bilan harakat qilish lozim», — dedi «Barselona» bosh murabbiyi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ