logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul»ning eng qimmat xaridi: «Saloh menga «Liverpul»ga ko'nikishda yordam berdi»

 10 MART, 2026, 01:00

«Liverpul» yarim himoyachisi Florian Virts Muhammad Saloh unga klubga moslashishda qanday yordam berganini esladi.

Germaniyalik futbolchi o'tgan yilning yozida 125 million evro evaziga «Bayer»dan «qizillar» safiga kelib qo'shilgan edi. Yulduz yangi o'yinchi uchun Angliyadagi dastlabki oylar biroz murakkab kechdi: u doimiy ravishda tanqidlarga uchradi va uzoq vaqt davomida samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi.

«Saloh menga doimo yordam berishga harakat qilardi, men bilan suhbatlashardi. U ham «Liverpul»ga yosh paytida kelgan va katta transfer bo'lgan edi. O'zimni erkin his qilishim uchun u birinchi bo'lib gap boshlashga harakat qilardi», — deya Virtsning so'zlarini keltiradi Anfield Sector.

22 yoshli hujumkor yarim himoyachi «Liverpul» safida barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ